«Obod mahalla» dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini ta’minlash masalalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Obod mahalla» to‘g‘risidagi PQ-3812-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi «Obod mahalla» dasturi to‘g‘risida»gi PF-5467-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahallalarning me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini barpo etish, shu asosda aholining turmush darajasini oshirish maqsadida:

2018 yilda «Obod qishloq» dasturi doirasida respublikaning 159 ta tumanlaridagi 417 ta qishloqlarning me’moriy qiyofasini tubdan yangilash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida ulardagi yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi «Obod qishloq» dasturi to‘g‘risida»gi PF-5386-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, 2019 yilda «Obod qishloq» dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) doirasida har bir tumanda 3 tadan qishloq (mahalla)da aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlash, mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirish va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish o‘rinlarini yaratish maqsadida:

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

So‘nggi yillarda respublikamizda ko‘chmas mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish sohasidagi davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, ushbu sohadagi davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish ularning tezkorligi va foydalanish imkoniyatlarini oshirishni, davlat organlari faoliyatining shaffofligiga erishishni va xizmatlardan foydalanuvchilarga axborot xizmati ko‘rsatishni yaxshilashni taqozo etmoqda. Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini faol joriy etish, tegishli tizimlarni davlat organlarining elektron ma’lumotlar bazalariga integrasiya qilish ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini soddalashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, ko‘chmas mulkni sotishda ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish, geodeziya va yer kadastri sohasiga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturidagi vazifalarni bajarishni ta’minlash maqsadida:

Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

“Ipoteka” to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qaroriga muvofiq hamda respublikada yakka tartibda uy-joy qurilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Qurilish-montaj ishlari sifatini yanada oshirish, qurilish sohasidagi nazorat qiluvchi inspeksiyalar rolini kuchaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5577-son Farmoniga muvofiq: