#
  • Soha yangiliklari
  • 11 - Sentyabr, 2020
  • 14

Termiz shahrida 16 qavatli turar-joylar quriladi

Turkiyaning “Özgüven Tasarim Mimarlik Inşaat San.Tic. A.Ş” kompaniyasi vakillari “Surxon Sanoat Qurilish” kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Termiz shahriga tashrif buyurdi. 

 

Surxondaryo viloyatida ushbu kompaniyalar tomonidan yangi dizayndagi 16 qavatli binolar, hamda koʻp qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan.

 

“Biz hamkorlikdan mamnunmiz, kelajakda koʻplab loyihalarni amalga oshirishni maqsad qildik. Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida qurilishi rejalashtirilayotgan yangi dizayndagi barcha sharoitlariga ega boʻlgan koʻp qavatli uylar shaharlaringiz koʻrkiga koʻrk qoʻshadi”, - deydi turk kompaniyasi direktori Oʻzgur Oʻnur Oʻzguven.

 

Turkiyaning mazkur kompaniyasi “Murad Buildings” kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan “NEST ONE” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishgan edi.

 

photo_2020-09-11_11-09-27.jpg