#
  • Soha yangiliklari
  • 18 - Noyabr, 2020
  • 3

9 oyda qancha turar-joy foydalanishga topshirildi?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 9-oyida respublika bo‘yicha jami 44,4 mingta yoki 8398,8 ming kv.m turar-joy foydalanishga topshirildi.

 

Turar-joylarning asosiy qismi, ya’ni 95,4 % ni uy xo‘jaliklari tomonidan yakka tartibda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joylar tashkil etdi.

Namunaviy loyihalar asosida qurilib, foydalanishga topshirilgan turar-joylar ulushi 3,2 % ni, qolgan 1,4 % turar-joylar boshqa yuridik shaxslar tomonidan qurilgan.

Jismoniy shaxslar tomonidan bunyo etilgan turar-joylarning 70,7 % i hamda namunaviy loyihalar asosida qurib foydalanishga topshirilgan turar-joylarning 76,9 % i qishloq joylarda qurilgan.