#
  • Soha yangiliklari
  • 02 - Dekabr, 2020
  • 27

Bugun Qurilish vazirligi tomonidan Prezidentimizning

Matbuot anjumanida Qurilish vazirligi, shuningdek, hamkor vazirliklardan ham vakillar ishtirok etdi. Unda ta’kidlanganidek, qarorga muvofiq, ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish uchun jismoniy va yuridik shaxslar (ulushdorlar)ning mablag‘larini jalb qilish faqat yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro‘yxatiga kiritilgan quruvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Mablag‘larni jalb qilish uchun quruvchi va ulushdor o‘rtasida shartnoma tuziladi va belgilangan tartibda hisobga qo‘yiladi.

(bosh pudratchini) jalb qilgan holda amalga oshirishi mumkin. Bunda bosh pudratchi qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 30 foizini o‘z kuchi bilan bajarish sharti bilan subpudrat tashkilotlarini jalb qilishi mumkin.
Qarorga muvofiq, Qurilish vazirligida ulush kiritish asosida quruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi tashkil qilinib, quruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun http://www.rd.xn--m-7tb.uz/ elektron platforma ishga tushirildi. Barcha hududlarda uy-joy quruvchilariga ulush kiritish asosida qurish bo‘yicha shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan ogohlantirish xatlari yuborilgan.
Jami 44 ta quruvchi tashkilot shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shularning barchasi bugungi kun holatida ro‘yxatdan o‘tgan. Ular bilan tizimli monitoring tashkil qilingan va muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Hududlarda ro‘yxatdan o‘tmagan tadbirkorlarga barcha hududiy Qurilish bosh boshqarmalari tomonidan ogohlantirish xabarnomalari yuborilmoqda.
O‘z navbatida 75 nafar ulushdorning huquqiy munosabatlari shartnomalarini ro‘yxatga olish orqali tartibga solishga erishildi.

Ulush kiritish asosida qurishning yana bir afzal tomoni ulushdorlarning mablag‘lari quruvchining har bir qurilish majmuasi bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘ida jamlanishidir. Ya’ni faqat quruvchi va ulushdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish maqsadlari uchun yo‘naltiriladi. Quruvchining boshqa qurilishlariga ajratilmaydi.