#
  • Soha yangiliklari
  • 25 - Yanvar, 2021
  • 25

2020 yilda qancha turar-joy foydalanishga topshirildi?

???? Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil davomida respublika bo‘yicha jami 61,3 mingta yoki 12,7 mln. kv.m turar-joy foydalanishga topshirildi.

✅ Turar-joylarning asosiy qismi, ya’ni 90,3 % ni uy xo‘jaliklari tomonidan yakka tartibda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joylar tashkil etdi.

✅ Namunaviy loyihalar asosida qurilib, foydalanishga topshirilgan turar-joylar ulushi 4,8 % ni, qolgan 4,9 % turar-joylar boshqa yuridik shaxslar tomonidan qurilgan.

✅ Jismoniy shaxslar tomonidan bunyod etilgan turar-joylarning 68,2 % i hamda namunaviy loyihalar asosida qurib foydalanishga topshirilgan turar-joylarning 82,3 % i qishloq joylarda qurilgan.