#
  • So`nggi Yangiliklar
  • 21 - Iyul, 2020
  • 45

Qurilish sohasida innovasion texnologiyalar keng joriy etiladi

Mamlakatimizda bunyodkorlik ko‘lami yildan yilga kengayib bormoqda. Yangi uy-joylar, yirik zavodlar, zamonaviy infratuzilma ob’yektlari qurilmoqda. Tabiiyki, bunday katta hajmdagi ishlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun malakali quruvchilar, bilimli loyihachilar, barqaror tashkilotlar kerak.

Yig‘ilishda qurilish sohasidagi muammo va kamchiliklar keskin tanqid qilindi.

Masalan, O‘zbekistonda 22 mingga yaqin qurilish-pudrat tashkiloti bo‘lib, ularning aksariyatida ishchilar soni va kasb malakasi to‘g‘risida ma’lumot yuritilmaydi.

Hududlardagi barcha qurilishlar yagona buyurtmachi xizmati tashkilotlariga topshirib qo‘yilgani ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribada qurilish xavfsizligi, sifati va natijasi nazorat qilinsa, bizda barcha kuch va resurslar jarayonni nazorat qilishga sarflanib, sifat ikkinchi o‘ringa tushib qolgan.