Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari
va qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkillashtirish;

O'z vakolati doirasida shaharsozlik hujjatlarini amalyotga tatbiq etish monitoringini va davlat shaharsozlik kadastrini yuritish;

Shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va o‘rta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;

Mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini joylashtirish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish;

Shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovasiya loyihalarini tatbiq etish;

Bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etish;

Loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini yanada shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritish;

Shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish, tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish;

arxitektura va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar
va mutaxassislarning malakasini doimiy asosda oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish.

Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari
va qoidalari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borish sohasida:

shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari
va qoidalariga, qurilish materiallari va buyumlari sifatining davlat standartlariga, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish va qo‘llashda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda shaharsozlik faoliyati sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarni tuzadi va yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishlarida aybdor bo‘lgan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun materiallarni sudga beradi;

qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarining inson sog‘lig‘i va hayotiga ziyon yetkazishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lganda huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar beradi;

shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlari buzilganligi aniqlangan holatlarda ularni bartaraf etish to‘g‘risida shaharsozlik faoliyati sub’yektlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar beradi;

qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi;

shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari
va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkillashtirish sohasida:

hududlarning rivojlanishini rejalashtirish va qurish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining shaharsozlik hujjatlari, aholi punktlarining bosh rejalarini, batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash ishlarini tashkil etadi;

umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlari uchun chegaralar belgilash haqida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;

aholi punktlarining bosh rejalarida va batafsil rejalashtirish loyihalarida ko‘zda tutilmagan ob’yektlarni joylashtirishda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar (muallif) bilan kelishish ishlarini olib boradi;

tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida shaharsozlik faoliyati ob’yektlari, bino-inshootlar, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’yektlari qurilishini yoki rekonstruksiyasini, shuningdek hududlarni obodonlashtirishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini (ART-1
va ART-2) ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va quruvchi – shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilarga taqdim etadi;

v) o‘z vakolati doirasida shaharsozlik hujjatlarini amaliyotga tatbiq etish monitoringi va davlat shaharsozlik kadastrini olib borish sohasida:

shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni olib boradi;

Davlat shaharsozlik kadastri yuritilishida ishtirok etadi;

yer ajratish va imorat qurishga oid, shuningdek yer osti muhandislik kommunikasiyalari joylashishi navbatchi rejalarini yuritadi;

yer uchastkalarini ajratish, loyiha-rejalashtirish hujjatlarini saqlashga doir yagona texnik arxivni tashkil etadi;

g) shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va o‘rta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq
va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish sohasida:

shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va o‘rta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hududiy maqsadli dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik bo‘limlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;

aholini shaharsozlik faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;

tegishli hududni rivojlantirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Davarxitektqurilish bilan kelishgan holda qurilish qoidalarini ishlab chiqadi;

shaharsozlik faoliyati, investisiya jarayonini boshqarish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini takomillashtirish, yangi texnika va qurilish-montaj ishlariga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalalari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda viloyatdagi korxona va tashkilotlarga yaqindan yordam beradi, xorijiy hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishda ko‘maklashadi;

d) mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini joylashtirish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish sohasida:

mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini joylashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida qurilish ob’yektlarini joylashtirish, barcha turdagi qurilish ob’yektlari uchun yer tanlash va ajratish to‘g‘risida mahalliy davlat organlarining qarorlari asosida ajratilgan
yer maydonlarini naturada belgilash va chegaralash ishlarini amalga oshiradi;

tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida hududlardagi yerlardan samarali foydalanish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organiga takliflar kiritadi;

madaniy meros ob’yektlarining muhofaza hududlarini aniqlash chora-tadbirlarini belgilaydi;

kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini muvofiqlashtiradi va uning monitoringini olib boradi, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimligi va Davarxitektqurilishga taqdim etadi;

mahalliy davlat hokimiyati organiga shahar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritadi;

ye) shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovasiya loyihalarini tatbiq etish sohasida:

shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borishda ishtirok etadi;

yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovasiya loyihalarini amaliyotga tatbiq etishda ishtirok etadi;

tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati ob’yektlari bo‘yicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;

binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning loyihalari tasdiqlanishiga rozilik beradi;

tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun qurilish pasportini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilarga taqdim etadi;

j) bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etish sohasida:

manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlar qurilishida narxlarning sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda ularning shakllantirilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatadi;

qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etadi;

qurilishning texnik darajasi va industriyalashtirilishini oshirish, kompleks mexanizasiyalash va avtomatlashtirish, resurslarni tejash, materiallar
va mehnat sarfini kamaytirish, kapital qurilishda ishlarning sifatini yaxshilash ishlarini tashkil etishda qatnashadi;

z) loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritish sohasida:

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va ob’yektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilarlarning reyting baholarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar faoliyati samaradorligini oshiradi;

kapital qurilishda islohotlarni chuqurlashtiradi hamda pudrat ishlari bozorini rivojlantiradi;

qurilish industriyasi korxonalari va investisiya faoliyatining boshqa qatnashchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini, shuningdek qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantiradi;

qurilish sohasida yangi texnika, texnologiya va mexanizmlarni joriy etish xisobiga mehnat unumdorligini oshiradi;

i) shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish, tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish sohasida:

shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlaydi;

tanlov savdolarini tashkil etishda va o‘tkazishda belgilangan tartibga rioya etilganligi nazorat qilinishini ta’minlaydi;

pudrat shartnomalaridagi majburiyatlar bajarilishi monitoringi olib borilishini ta’minlaydi;

tanlov savdolari natijalari bo‘yicha ob’yektlar qurilishining joriy narxlardagi shartnomaviy qiymati shakllantirilishini ta’minlaydi;

k) arxitektura va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar
va mutaxassislarning malakasini muntazam oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish sohasida:

sohaga kirib kelayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalarni inobatga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda bevosita ishtirok etadi;

oliy ta’lim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlariga talabalar qabul qilish kvotalari bo‘yicha belgilangan tartibda Davarxitektqurilishga takliflar kiritadi. Bunda qurilish sohasiga oid mutaxassisliklarga bo‘lgan talabni o‘rganadi;

talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qurilish ob’yektlarida ko‘chma darslar tashkil etishda ko‘maklashadi;

oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari talabalarining ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash bazasi sifatida ularni loyihalashtirish institutlari va qurilish tashkilotlariga joylashtirishga ko‘maklashadi;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar mutaxassislarining malakasini muntazam oshiradi va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi.

Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham  amalga oshirishi mumkin.